Davlat tashkilotlarining qisqarishi ortidan 2,8 trln so‘m tejaladi, ular ijtimoiy sohaga sarflanadi. Jumladan, moliya vaziri o‘rinbosari shundan 2,3 trln so‘mini 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirishga yo‘naltirishni taklif qildi. «Lekin buni qabul qilish parlament qo‘lida», — dedi Odilbek Isoqov.
Yaqin yillarda aholi uchun maxsus davlat g‘aznachilik qog‘ozlarini chiqarishni rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov. Ular bo‘yicha stavka bozor obligatsiyalaridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Davlat obligatsiyalariga xorijiy investorlar ham jalb qilinadi.
O‘zbekiston umumiy qiymati 870 mln dollarga teng bo‘lgan yevro obligatsiyalarini ikkita transhda chiqaradi. Dollarli transh 10 yil muddatga, so‘mda ko‘rsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yilga chiqariladi, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov.
2021 yilda O‘zbekiston Moliya vazirligi 5 trln so‘mlik g‘aznachilik obligatsiyalarini, shuningdek 700 mln dollarga xalqaro yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov. Shuningdek, u so‘nggi yevrobondlar sarmoyadorlari geografiyasi haqidagi ma’lumotlarni va bundan tushadigan mablag‘lar qanday maqsadlarga yo‘naltirilishi haqida ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting